Yangiliklar · 7-avgust, 2026
Kia kompaniyasi BEFIT RACE 2026 tadbirining rasmiy hamkoriga aylandi
Kia har yili harakat, salomatlik va yangi yutuqlarga intilish hayot tarzining bir qismi bo‘lgan minglab insonlarni birlashtiradigan mamlakatdagi eng yirik sport tadbirlaridan biri bo‘lgan BEFIT RACE’ning rasmiy hamkori sifatida yana ishtirok etdi.

Kia har yili harakat, salomatlik va yangi yutuqlarga intilish hayot tarzining bir qismi bo‘lgan minglab insonlarni birlashtiradigan mamlakatdagi eng yirik sport tadbirlaridan biri bo‘lgan BEFIT RACE’ning rasmiy hamkori sifatida yana ishtirok etdi.
Tadbir maydonida brend interaktiv ekspozitsiyasini taqdim etdi, unda mehmonlar Kia Sportage va Kia Sorento krossoverlari bilan tanishish, ularning texnologiyalari, qulayligi va imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish, shuningdek, test-drayvdan o‘tish va avtomobillarni amaldagi yo‘l sharoitlarida baholash va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdilar.
Kia jamoasi ham sport bayramining bir qismiga aylandi: brend xodimlari minglab ishtirokchilar bilan birgalikda BEFIT RACE’da an’anaviy ravishda hukm suradigan energiya, hamjihatlik va ilhom muhitini baham ko‘rib, startga chiqishdi.
“ BEFIT RACE barchaga ajoyib his-tuyg‘ularni taqdim etdi! Kia bunday sport tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashi va nafaqat avtomobillarni tomosha qilish, balki test-drayvdan o‘tish imkonini berayotgani juda ajoyib. Bu juda qulay bo‘lib, Amirsoyning so‘lim yo‘llari bo‘ylab sayohat alohida taassurot qoldirdi. Bunday formatdagi tadbir barchaning xotirasida aniq qoladi! ” , – deya ta’kidladi test-drayvda ishtirok etgan mehmonlar.
Kia uchun sportni qo‘llab-quvvatlash – bu harakat, rivojlanish va insonga g‘amxo‘rlik qadriyatlariga asoslangan uzoq muddatli falsafadir. Brend ketma-ket to‘rtinchi yil BEFIT RACE hamkori bo‘lib, odamlarni faol turmush tarziga undaydigan va yangi imkoniyatlarni ochishga chaqiradigan tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ishonchimiz komilki, har bir ulkan yutuq birinchi qadamdan boshlanadi. Kia esa bu yo‘lda – xoh u yangi sport cho‘qqilari sari yo‘l bo‘lsin, xoh oilaviy sayohatlar yoki kundalik g‘alabalar bo‘lsin, ishonchli hamroh bo‘lishga intiladi.
Telefon: +998 55 500 03 31
Veb-sayt: https://kia.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan
Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot
YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan